Issiq turlar
Barcha dolzarb turlar: sana, narx va yo'nalish bo'yicha saralang.
Hozircha bu so'rov bo'yicha tur yo'q
Operatorimiz sizga mos variantni bepul topib beradi — qo'ng'iroq qiling yoki Telegramga yozing.
Ko'p beriladigan savollar
Narxga nimalar kiradi?
Odatda narxga aviachipta (Toshkentdan va qaytish), tanlangan ovqatlanish turidagi mehmonxona, aeroport–mehmonxona transferi va tibbiy sug'urta kiradi. Har bir tur sahifasida «Narxga kiradi» va «Kirmaydi» bo'limlari aniq ko'rsatilgan.
Ariza qoldirgandan keyin nima bo'ladi?
Arizangiz darhol menejerimizga tushadi. U siz bilan bog'lanib, joylar bor-yo'qligini tekshiradi, savollaringizga javob beradi va shartnoma tuzishga yordam beradi.
Narx 1 kishi uchunmi?
Ha, saytdagi narxlar odatda 1 kishi uchun ko'rsatiladi (ikki kishilik xonada joylashganda). Bolalar va bitta kishilik joylashuv narxini menejer hisoblab beradi.
Qanday hujjatlar kerak? Viza-chi?
Asosan xorijga chiqish pasporti (biometrik) kerak, amal qilish muddati kamida 6 oy bo'lishi lozim. Vizasiz davlatlar ko'p; viza talab qilinadigan yo'nalishlarda menejerimiz hujjatlar bo'yicha yo'l-yo'riq beradi.
Halol ovqat va namoz masalasi qanday?
Turkiya, BAA, Misr, Malayziya kabi yo'nalishlarda halol ovqat muammo emas. Mehmonxona tanlashda istaklaringizni menejerga ayting — mos variantlarni taklif qiladi.
Narx keyin o'zgarishi mumkinmi?
Aviakompaniya va mehmonxona narxlari kun davomida o'zgarishi mumkin. Shartnoma imzolangandan keyin narx qat'iy bo'ladi va o'zgarmaydi.
Rejalarim o'zgarsa-chi?
Turni bekor qilish yoki sanani o'zgartirish shartlari aviakompaniya va mehmonxona qoidalariga bog'liq. Menejerimiz har bir holatda eng qulay yechimni topishga yordam beradi.
