e-SIM

Chet elda ham doim internetda bo'ling. Sayohatdan oldin telefoningizga e-SIM o'rnatib beramiz — aeroportda SIM karta qidirish, rouming uchun ortiqcha to'lash shart emas.

e-SIM nima?

e-SIM — telefon ichiga o'rnatilgan raqamli SIM karta. Plastik karta kerak emas: QR-kodni skanerlaysiz va mobil internet tayyor. O'zbek raqamingiz ham telefonda qoladi.

Afzalliklari

  • 100 dan ortiq davlatda ishlaydi: Turkiya, BAA, Misr, Tailand, Gruziya va boshqalar
  • Qo'nishingiz bilan internet ishlaydi — taksi, xarita va messenjerlar darhol qo'lingizda
  • Rouming narxidan ancha arzon
  • Kerakli hajm va muddatni o'zingiz tanlaysiz

Qanday ishlaydi?

  1. 1Ariza qoldiring yoki menejerga qo'ng'iroq qiling
  2. 2Yo'nalish va internet hajmini tanlaymiz
  3. 3QR-kodni yuboramiz — telefoningizga 2 daqiqada o'rnatiladi

Telefonim e-SIM'ni qo'llaydimi?

iPhone XR/XS va undan keyingi modellar, Samsung Galaxy S20 va yangiroq, Google Pixel 3 va yangiroq hamda boshqa ko'plab zamonaviy smartfonlar e-SIM'ni qo'llaydi. Aniq bilmasangiz — menejerimiz tekshirib beradi.